my5
all

Beeline koronavirusga qarshi kurashayotgan mingdan ortiq shifokorlarga bonuslar taqdim etdi

Hi-tech 01.05.2020, 22:50
1083
Beeline koronavirusga qarshi kurashayotgan mingdan ortiq shifokorlarga bonuslar taqdim etdi

“Beeline Uzbekistan” kompaniyasi pandemiya davrida fidokorona kurashayotgan shifokorlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari uchun “Shifokor” deb nomlangan maxsus tarifda yangi bonuslar taqdim etdi.  

Jumladan, tibbiyot xodimlariga 2020 yil 10 mayga qadar “Shifokor” tarifiga ulanish va tarif rejasiga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroqlar uchun 5 ming daqiqa va 5 ming megabayt internet-trafigini olish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga, ushbu davr uchun abonent to`lovi bekor qilindi.

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan respublikada koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan tibbiyot xodimlari va mutaxassislarining ro`yxati taqdim etildi. Ahamiyatlisi, aksiya boshlanganidan buyon mingdan ortiq shifokorlar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari, shuningdek, boshqa karantin zonalari va tibbiyot muassasalari ushbu tarifga ulandi.

Bu haqda xabar bergan Oliy Majlis Senati tashkilotning bunday tashabbusini qo`llab-quvvatlashini bildirgan.

Шарҳлар