my5
all

"Karantindan keyin bir o`tirib osh damlaymiz". Artur Taymazov Vladikavkazdagi o`zbek talabalariga o`z hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim qildi

Sport 29.04.2020, 22:17
1168
"Karantindan keyin bir o`tirib osh damlaymiz". Artur Taymazov Vladikavkazdagi o`zbek talabalariga o`z hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim qildi

Erkin kurash bo`yicha ko`p karra Olimpiada va jahon chempioni, hamyurtimiz Artur Taymazov xayrli ishga qo`l urdi. U hozirda Rossiya Federasiyasining Vladikavkaz shahridagi Shimoliy Kavkaz tog`-metallurgiya institutida tahsil olayotgan va o`sha erdagi yotoqxonada qolgan o`zbek talabalariga o`z hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim qildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar berdi. 

"Bu yotoqxonada 100 nafarga yaqin o`zbekistonlik talabalar ham istiqomat qilishadi. O`zbekiston mening ikkinchi vatanim, men sevadigan davlat ekanligini hamma biladi. Mening butun sport faoliyatim O`zbekiston bilan bog`langan. Men bu ajoyib mamlakatni, o`zbek xalqini yoqtiraman. Shunday ekan bu yigitlarning hayotini e`tiborsiz qoldirib ketish noto`g`ri bo`lar edi. Agar bizning yaqinlarimiz ham O`zbekistonda shunday qolib ketishganida, shak-shubha yo`qki, bu xalq ularni e`tibordan chetda qoldirmas edi. O`zbekiston – eng mehmondo`st mamlakatlardan biri. Karantindan keyin nasib qilsa, bir o`tirib osh damlaymiz, – deydi Artur Taymazov.

http://olympic.uz/wp-content/uploads/2020/04/Tajmazov.mp4?_=1

 

Шарҳлар