my5
all

"Paxtakor" sobiq futbolchisi vafot etdi

Sport 23.04.2020, 11:13
1768
"Paxtakor" sobiq futbolchisi  vafot etdi

"Paxtakor" sobiq himoyachisi Vilgelm Qahhorov 81 yoshida edi. Uning vafoti haqida futbol klub matbuot xizmati ma`lum qildi.

Vilgelm Qahhorov "Paxtakor" safida 1961—1964 yillar mobaynida to`p surgan. Jamoa 6-o`rinni qo`lga kiritgan 1962 yilgi mavsum Oliy Liga bahslarining barchasida maydonga tushgan. 1963 yil Toshkentda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida g`alaba keltirgan yagona gol muallifiga aylangan. Marhum yorqin o`yinlari evaziga SSSR olimpiya terma jamoasiga jalb etiladi. Yig`in davomida unga "Dinamo Moskva" va "Zenit" murabbiylaridan qiziqish bo`ladi. Biroq Vilgelm  jiddiy xastalikka uchraydi va bu uning faoliyatiga ta`sir qiladi. Keyinchalik Qahhorov "Politotdel" va Olmaliqning "Metallurg" jamoalarida to`p suradi.

"Vilgelm Qahhorovning vafoti munosabati bilan «Paxtakor» futbol klubi uning oilasi, yaqinlari va do`stlariga ta`ziyasini bildiradi. Uning xotirasi hamisha qalbimizda yashaydi", — deyiladi xabarda.

Шарҳлар