my5
all

Amerikalik taniqli boks referisi koronavirusdan vafot etdi

Sport 22.04.2020, 17:54
1019
Amerikalik taniqli boks referisi koronavirusdan vafot etdi

Amerikalik taniqli boks hakami Eddi Kotton koronavirus tufayli vafot etdi. Bu haqda Vringe xabar berdi.

72 yoshli Eddi Kotton Nyu-Djersi shtatining Paterson shahrida bir hafta oldin COVID-19 testi manfiy chiqqani bois shifoxonaga yotqizilgan edi.   

Bosh arbitr sifatida E.Kotton 1992-2014 yillardagi boks bellashuvlarida hakamlik qilgan. Ungacha esa 12 yil davomida havaskorlik bahslarini baholab borgan. 2002 yilda o`tgan Lennoks Lyuis va Mayk Tayson o`rtasidagi musobaqa uning taniqli referining ringdagi muvaffaqiyatli chiqishlaridan biri bo`lgan.

Kotton umumiy hisoblaganda jahon chempionligi maqomi uchun olib borilgan 40 dan oshiq bellashuvlarda ishtirok etgan.

2008 yilda u Nyu-Jersi shtati Shon-sharaf zaliga kiritilgan edi.

Шарҳлар