my5
all

Yangi yilgacha O`zbekistondagi barcha trenerlar o`z faoliyatini muammosiz davom ettiradi

Sport 22.04.2020, 09:14
Теглар: trener, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
1310
Yangi yilgacha O`zbekistondagi barcha trenerlar o`z faoliyatini muammosiz davom ettiradi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yurtimizga koronavirus pandemiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda mamlakatimizda trenerlik faoliyatini olib borayotgan mutaxassislarning ruxsatnomalarini amal qilish muddatini 2020 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish bo`yicha qaror qabul qilindi.

Ushbu yig`ilish bayonnomasining 24-bandida:

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiev)ning trenerlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlarning ruxsatnoma muddatini joriy yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish to`g`risidagi takliflariga rozilik berilsin”, deb yozilgan.

Ma`lumki, mamlakatimizda sport trenerlari maxsus ruxsatnomalar orqali trenerlik faoliyatini olib borishadi. Ammo, karantin tufayli shu kunlarda ruxsatnomasining amal qilish muddati o`z yakuniga etib borayotgan trenerlarda ularning o`z faoliyatlarini davom ettirish bo`yicha muammolar yuzaga kelayotgandi. Endilikda trenerlarimiz joriy yil yakuniga qadar hech qanday muammosiz o`z ish faoliyatlarini davom ettirgan holda yosh sportchilarga tahsil berishlari mumkin.

Шарҳлар