my5

Saudiya Arabistonida podshohlik oilasining 150 nafar a`zosida koronavirus aniqlandi

Dunyo 10.04.2020, 20:22
Теглар: koronavirus, podshohlik, Saudiya Arabistoni
1366
Saudiya Arabistonida podshohlik oilasining 150 nafar a`zosida koronavirus aniqlandi

Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a`zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda The New York Times xabar berdi. 

Saudiya Arabistonida podshohlik oilasining 150 a`zosida koronavirus aniqlandi. Shu munosabat bilan shifoxonada 500 ta o`rin tayyorlab qo`yilgan. Ayni vaqtda ahvoli og`irlashgani sababli Ar-Riyod gubernatori bo`lgan shahzoda shifoxonaning jonlantirish bo`limiga olingan. 

Ta`kidlanishicha, 84 yoshli podshoh Salmon Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyida izolyasiyada bo`ladi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud va vazirlar hozirda izolyasiyada qolmoqda.

Barcha mamlakatlardagi kabi koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistonidagi yirik shaharlarda ham qat`iy karantin joriy qilingan. Bu erda do`konlarga yoki tibbiy yordam olish uchungina ko`chaga chiqishga ruxsat berilmoqda. 

Ma`lumot uchun: hozirda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingga yaqinni, vafot etganlar soni esa 41 nafarni tashkil etmoqda.

Шарҳлар

Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi

27.04.2020, 15:18

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor...
24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

24.04.2020, 06:30

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.Kecha, 23 aprelda 111 kishi to`la sog`ayib, reabilitasiyaga o`tkazildi, jami tuzalganlar 561 nafarga...
Koronavirusdan vafot etganlar 200ming nafarga yaqinlashdi. Dunyodagi so`nggi vaziyat

23.04.2020, 09:36

Xopkins universiteti   2020 yil 23 aprel kunidagi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga chalinganlar 2 626 929, vafot etganlar 183 336 nafarga etdi.Quyida eng ko`p...
O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 641 nafarga etdi

10.04.2020, 22:45

2020 yil 10 aprel soat 22:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligining axborot...