my5
all

Koronavirus! Soqoli borlar o`qisin!

Dunyo 10.04.2020, 13:42
Теглар: koronavirus
4320
Koronavirus! Soqoli borlar o`qisin!

Shifokorlarning qat`iy ta`kidlashicha, respiratorlar (zaharli gazlar, virus hamda infeksiyalardan himoya qiluvchi vositalar, ya`ni niqoblar) soqolli odamlarni ishonchli himoya bilan ta`minlamaydi.

“Esingizda bo`lsin, respirator soqoli olinmaganlarni yoki soqollilarni ishonchli himoya qila olmaydi. Vaholanki bunday payta niqob burun va og`izni butunlay yopmaydi”, deyiladi xabarda.

Ukraina sog`liqni saqlash markazi tomonidan qayd etilishicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga mamlakatda tibbiy yordam ko`rsatishda shifokorlar FFP2 dan past bo`lmagan himoya sinfidagi respiratordan foydalanishlari tavsiya etilmoqda, chunki ular yuqori sinfdagi respirator kabi qattiq va suyuq nozik aerozollardan maksimal darajada himoya qiladi.

Shu bilan birga, aholiga nafas olish kasalliklaridan, xususan, COVID-19 dan himoya qilish uchun FFP2 / FFP3 respiratorlarini taqish ham tavsiya etilmaydi, chunki bu respiratorlar yuqtirilgan odamlarga yordam ko`rsatadigan tibbiy xodimlargagina mo`ljallangan.

Шарҳлар

Xorijdan koronavirus yuqtirib kelib Toshkentda davolanayotgan 13 nafar bemor ham sog`aydi

27.04.2020, 15:18

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor...
24 aprel soat 6:30: O`zbekistondagi epidemiologik vaziyatga oid so`nggi yangiliklar

24.04.2020, 06:30

Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.Kecha, 23 aprelda 111 kishi to`la sog`ayib, reabilitasiyaga o`tkazildi, jami tuzalganlar 561 nafarga...
Koronavirusdan vafot etganlar 200ming nafarga yaqinlashdi. Dunyodagi so`nggi vaziyat

23.04.2020, 09:36

Xopkins universiteti   2020 yil 23 aprel kunidagi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga chalinganlar 2 626 929, vafot etganlar 183 336 nafarga etdi.Quyida eng ko`p...
O`zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 641 nafarga etdi

10.04.2020, 22:45

2020 yil 10 aprel soat 22:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 641 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligining axborot...