my5
all

Zafar Xoshimov: "Ayni vaqtda do`konlarimizda xaridorlar ko`pligidan quvonmayapmiz..."

Jamiyat 29.03.2020, 21:15
Теглар: Zafar Xoshimov, do`kon
1113
Zafar Xoshimov: "Ayni vaqtda do`konlarimizda xaridorlar ko`pligidan quvonmayapmiz..."

Koronavirus epidemiyasi tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin tartiblariga barcha qatori etakchi tadbirkorlar ham qat`iy amal qilmoqda va yurtdoshlarimizdan karantin shartlarini buzmaslikni so`rashmoqda. Shu maqsadda "Karzinka.uz" sepermarketlar tarmog`i rahbari Zafar Xoshimov o`z ijtimoiy sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi.

"Hurmatli do`stlar,

Bunday mushkul kunlarda biz nafaqat mahsulotlarni o`z vaqtida etkazib berish va xaridorlarimizga sifatli xizmat ko`rsatishga, balki ularning sog`ligi va xodimlarimizning ham xavfsizligi uchun katta mas`uliyatni his etamiz.

Ayni vaqtda biz deyarli barcha do`konlarimizda xaridorlar oqimining ko`tarilganini kuzatyapmiz. Do`konlarimizning to`lib-toshgani, boshqa vaqt bo`lganida, albatta, bizni quvontirgan bo`lardi. Afsuski, hozir jahonda pandemiya qizigan palla hukm surmoqda.  

Ertaga shaxsiy avtomobilda harakatlanish qiyin kechishini ham tushunib turibman. Men ertaga bozor va supermarketlar ishlamaydi. degan mish-mishlar kezib yurganini ham bilaman, bu yolg`on va dezinformasiyadir.

Shu sababli biz do`konlarimizga keluvchilar xavotirini pasaytirish uchun ma`lum choralarni kuchaytirish — savdo zallarida va kassa hududi yaqinida xavfsiz masofa saqlash imkoniyatini hosil qilish maqsadida zudlik bilan zarur choralarni qabul qildik.

Шарҳлар