my5
all

BuxDU talabalari 1000 dona niqob tikib, bepul tarqatdilar

Jamiyat 29.03.2020, 20:56
Теглар: niqob, bepul
699
BuxDU  talabalari 1000  dona niqob tikib, bepul  tarqatdilar

Buxoro davlat universitetining bir guruh ko`ngilli talabalari ustozlari boshchiligida boshqa OTMlardagi tengdoshlari safiga qo`shilib, xayrli ishga qo`l urdilar.

Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin joriy qilinishi va shaxsiy gigiena vositasi bo`lgan niqoblarga ehtiyoj ortishi sababli talaba-yoshlar universitet TTJda beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil  etilgan o`quv ustaxonasida 1000 dona niqob tikib, bepul tarqatdilar. Bu haqda Edu.uz rasmiy kanali xabar berdi.

Niqoblar universitet talabalar turar joyidagi xorijlik talabalar, Buxoro shahridagi 32 – sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari,  Buxoro shaharidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yotoqxonasidagi aholi vakillariga bepul tarqatildi.

Shuningdek, talabalar shaharning  “Zarmanoq” postida faoliyat olib borayotgan IIB xodimlari, harbiylar va haydovchilarga ham o`zlari tayyorlagan niqoblarni berdilar

Шарҳлар