my5
all

JSST bosh direktori : Koronavirusga qarshi dori tez orada insonlarda sinovdan o`tkaziladi

Dunyo 29.03.2020, 19:48
Теглар: koronavirus, dori
1774
JSST bosh direktori : Koronavirusga qarshi dori tez orada insonlarda sinovdan o`tkaziladi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, koronavirusga chalingan 100 ming nafardan ziyod bemor sog`ayib ketdi, yaqin kunlarda esa dori vositalarini insonlarda klinik sinovdan o`tkazish boshlanadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus brinfingda qayd etdi. U, shuningdek, yaqin kunlarda virusga qarshi dori vositalarini odamlarda sinovdan o`tkazish boshlanishini ma`lum qildi. Biroq koronavirus sayyoramiz bo`ylab keng tarqalmoqda: dunyo miqyosida ushbu virusni yuqtirib olganlar soni yarim million nafardan oshdi.

JSST bosh direktori 50 ta mamlakat sog`liqni saqlash vazirlari bilan o`tkazilgan onlayn yig`ilish natijalariga ko`ra, asosiy vazifalarni: virusni erta aniqlash va infeksiyani yuqtirib olgan insonlarni alohidalash, bemorlar aloqada bo`lgan shaxslarni aniqlash, ularni karantinda saqlash, shuningdek, davolash samaradorligini oshirish zarurligi kabilar belgilab olinganini ma`lum qildi. Shu bilan birga aholi bilan doimiy aloqani yo`lga qo`yish ham nihoyatda zarur bo`lib, bu fuqarolarning hukumatga bo`lgan ishonchini oshirib, ularni epidemiyaga qarshi safarbar etishga yordam beradi.

Tedrosning ma`lum qilishicha, shaxsiy himoya vositalarining etishmasligi bugungi kunda asosiy muammolardan biridir. O`z navbatida, JSST eng ehtiyojmand bo`lgan 74 mamlakatga 2 million himoya vositalarini yubordi va yana 60 mamlakatga shuncha miqdorda himoya materiallarini yuborishga tayyorlanmoqda.

Albatta bular etarli emas, deb ta`kidladi, JSST rahbari va bu borada xalqaro hamkorlik va birdamlik zarurligini qayd etdi. “Past va o`rtacha daromadli mamlakatlardagi tibbiyot xodimlar boy mamlakatlardagi tibbiyot vakillari bilan bir xil himoyaga loyiqdir”, – deb qayd etdi u.

Virusni aniqlash bo`yicha test sinovlari, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni o`tkazish uchun komplektlarni ishlab chiqarish bo`yicha ham xalqaro hamkorlik zarur. JSST bosh direktori tez orada Norvegiya va Ispaniyada ko`ngilli bemorlarda dori vositalari va kombinasiyalashgan terapiya sinovdan o`tkazilishini ma`lum qildi. Bu kasallik jarayonini engillashtirishga yordam berishi kutilmoqda. Loyiha “Birdamlik tekshiruvi” nomini oldi, unda 45 ta mamlakat ishtirok etmoqda, boshqa ko`plab davlatlar ushbu loyihada qatnashish istagini bildirgan.

“Bu tarixiy sinov bo`lib, u aynan qaysi dorilar yordam berishi to`g`risidagi dalillarni ancha tezroq olish imkonini beradi”, dedi JSST rahbari. Shu bilan birga u “COVID-19”ga qarshi vaksina bir, bir yarim yildan keyin paydo bo`lishini ham ma`lum qildi.

O`z navbatida, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ilmiy ma`lumotlar va amaliy tajribaga asoslangan hamda hukumatlar, shifoxonalar va keng omma uchun mo`ljallangan 40 ta mukammal tavsiyalarni chop etdi. JSSTning OpenWHO.org sahifasidagi o`quv kurslarida bir million nafardan ortiq tibbiyot xodimi o`qitildi. “COVID-19”ga qarshi tashkil etilgan “Birdamlik jamg`armasi”ga faqat so`nggi ikki haftada 203 ta tashkilot va alohida shaxslardan 108 million AQSh dollari kelib tushgan.

Шарҳлар

Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o`rganish milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi

30.04.2020, 20:31

Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o`rganish milliy instituti rahbari Entoni Fauchi (shu kunlarda Amerika qahramoni)ning aytishicha, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan hamda og`ir ahvolda bo`lgan bemorlarga remdesivir...
Koronavirusga qarshi dori qachon chaqarilishi ma`lum bo`ldi

21.02.2020, 17:12

Xitoy sog`liqni saqlash davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Szen Isinning ta`kidlashicha, yangi turdagi koronavirusga qarshi preparat aprel oyining ikkinchi yarmida chiqariladi. Dorilarning ayrimlari allaqachon hayvonlarda sinab...