my5
all

Vafot etgan ayolning dafn marosimida birorta ham yaqini ishtirok etmadi, bu menga og`ir botdi — Namangan hokimi (video)

Jamiyat 28.03.2020, 18:42
5102
Vafot etgan ayolning dafn marosimida birorta ham yaqini ishtirok etmadi, bu menga og`ir botdi — Namangan hokimi (video)

Xabaringiz bor, kecha, 27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi. Shundan so`ng, Namangan viloyati hokimi aholiga murojaat bilan chiqib, Namangan shahrida 9 kun davomida kuchaytirilgan qat`iy tartib joriy etilishini e`lon qilgan edi. Viloyat hokimi o`z murojaatida vafot etgan onaxon haqida alohida to`xtaldi.

"...Hajga borib kelgan va kasallik yuqtirgan fuqaroning oilasida yana 4 kishi —  onasi, singlisi, qizi va nabirasida kasallik aniqlangan. Achinarlisi ular orasida maktab o`quvchisi ham bor. Butun oila a`zolari karantinga olindi. Onaxonning janozasida, dafn marosimida birorta ham oila a`zolari ishtirok eta olmadi. Maxsus SES xodimlari,  shifokorlar bilan qabristonda dafn marosimi o`tkazib kelindi. Kasallikning yuqtirib olinishi qanchalik og`ir, qolaversa tabarruk onaxonning bevaqt ketishi va tabarruk onaxonning so`nggi manzilga kuzatishda yaqinlari bo`lmagani, bularning qanchali og`ir ekanligini tasavvur ham etib bo`lmaydi. Bu nafaqat bu oilaga, balki butun Namangan xalqiga ham ta`sir qilgan bo`lsa kerak. Shaxsan menga ham og`ir botdi bu holat..." — vaziyatga nisbatan qattiq achinishini bildirdi Xayrulla Bozorov. 

Ana shunday holatdan xulosa chiqarib, barchani qat`iy karantin qoidalariga rioya etishga chaqirmoqda viloyat hokimi.

Шарҳлар