my5
all

Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan erkak kim va nima uchun o`lganini izohladi

Salomatlik 28.03.2020, 15:10
Теглар: koronavirus O`zbekiston, koronavir
6169
Sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgan erkak kim va nima uchun o`lganini izohladi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, 2020 yil 28 martning ayni paytiga qadar mamlakatimizda koronavirus iinfeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.  

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun 39 yoshli 1 nafar erkak bemorda o`lim holati qayd etildi. Vafot etgan bu bemor Fransiyadan yurtimizga birinchi kasallikni olib kelgan bemor bilan muloqotda bo`lgan. U o`z kasalligini dastlab bilgan bo`lsa-da, o`zi vrach bo`la turib, yurtimizda olib borilayotgan shuncha targ`ibot ishlariga qaramay, shifokorlarga murojaat etmay, uyida yashirincha o`zicha davolanishga uringani ma`lum bo`lgan.  

U kasallikning og`ir davri boshlangandan so`nggina 26 mart kuni Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga tez yordam xizmati orqali yotqizilgan. 27 mart kuni esa Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga o`tkazilgan.  

Shu o`rinda barchani tashvishga soladigan bir jihat bor: bu bemor uyida bo`lgan paytda qancha odamlar u bilan muloqot qilgan, muloqotda bo`lib kasallikni yuqtirib olganlar o`z navbatida yana qancha insonlarga tarqatgan. Nahotki, kishi o`z sog`lig`i va yaqinlari xavfsizligi uchun shunchalik sovuqqon, befarq, xudbin bo`lsa. Axir bu o`z ota-onasiga, farzandlari, nevaralari, qo`ni-qo`shnilari, qarindosh-urug`lari, xalqi, umuman Vataniga xiyonat emasmi? 

Nega haligacha odamlarimiz bu kasallik qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini anglab etmayaptilar?!  

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo`yicha Prezidentimiz rahbarligida barcha resurslar ishga solinib, zaruriy va qat`iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning zamirida eng avvalo xalqimiz, yurtdoshlarimiz, har bir fuqaromiz nobud bo`lishining oldini olishdek muhim maqsad yotganligini bugun barchamiz qalbdan tushunib, o`zimiz, oilamiz, yaqinlarimiz hayotini o`ylab ish tutmog`imiz kerak emasmi?  

Ogohlik va uyda o`tirish hamda shifokorlarning bergan tavsiyalariga to`liq amal qilish barchamiz uchun bosh masala bo`lmog`i lozim!

Шарҳлар

Andijonda tibbiy kuzatuvda bo`lgan 281 nafar fuqaroda virus aniqlanmadi

26.04.2020, 17:51

Andijonda tibbiy kuzatuvda – karantinda bo`lgan 281 nafar Andijonlik fuqarolarga oilasi bag`riga qaytdilar, ularda virus aniqlanmadi.Andijon viloyatining 4 ta shifo maskanida 14 kunlik kuzatuvda bo`lgan...
Xushxabar: Yana 19 nafar bemor sog`aydi

12.04.2020, 17:54

Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo mamlakatlari boshiga tushgan sinov yurtimizni ham chetlab o`tmadi. Shunday vaziyatda aholining qiyinchiliklarni birdamlik bilan engishga harakat qilishayotgani e`tiborga molik. Ayniqsa, ushbu...
Jizzaxda 2018 kishi koronavirus karantinidan chiqarildi

11.04.2020, 14:49

2020 yil 11 aprel soat 09:00 holatiga ko`ra, Jizzax viloyatida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning ahvoli barqaror, qoniqarli holatda, deb...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlarning jinsi, yoshi va hududi ma`lum qilindi

07.04.2020, 17:15

SSV O`zbekistondagi holat bo`yicha aniq satistikani havola etdi.Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.Bemorlarning yoshi:0-9 yoshgacha – 20 nafar (4%);10-19 yoshgacha –...