my5
all

O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali koronavirusning aloqalarga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha suhbatlashishdi

Siyosat 27.03.2020, 13:29
985
O`zbekiston va Turkmaniston prezidentlari telefon orqali koronavirusning aloqalarga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha suhbatlashishdi

Bugun, 27 mart kuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.

O`zbekiston Prezidentining rasmiy veb-sahifasida berilgan ma`lumotga ko`ra, suhbat chog`ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha ikki mamlakatda ko`rilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Tegishli idora va tashkilotlarning yaqindan hamkorligida o`zaro amaliy ko`maklashish hamda avvalo chegaraoldi hududlardagi epidemiologik vaziyatni nazorat qilish borasida olib borilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaning savdo-iqtisodiy, energetik, transport-kommunikasiya, madaniy gumanitar va boshqa sohalardagi O`zbekiston-Turkmaniston aloqalariga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha faol qo`shma chora-tadbirlarni davom ettirish muhimligiga alohida e`tibor qaratildi.

Prezidentlar birgalikdagi sa`y-harakatlar yuzaga kelayotgan barcha qiyinchiliklar va yangi xatarlarni muvaffaqiyatli engish, O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik rishtalari, strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Шарҳлар