my5
all

Prezident 60 yoshdan oshganlarni 100 foiz mehnat ta`tiliga chiqarishni tavsiya etdi

Siyosat 27.03.2020, 07:47
1690
Prezident 60 yoshdan oshganlarni 100 foiz mehnat ta`tiliga chiqarishni tavsiya etdi

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilishni kuchaytirish hamda biznes vakillarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar belgilab berildi Jumladan:

* Sog`liqni saqlash va moliya vazirliklariga 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun`iy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori bo`lgan aholi punktlarida ko`chma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qo`yildi.

* Tibbiyot niqoblari ishlab chiqarishni kuniga 5 million donaga etkazish bo`yicha topshiriqlar berildi.

* Davlat organlari va nodavlat tashkilotlar o`z xodimlarining kamida 50 foizini haq to`lanadigan ta`tilga chiqarishi, qolganlar masofadan ishlashga o`tkazilishi zarurligi ta`kidlandi.

* Surunkali kasallikka chalinganlar hamda 60 yoshdan oshganlar tashqariga chiqmasligi, bunday xodimlar 100 foiz mehnat ta`tiliga chiqarilishi tavsiya etildi.

* O`zbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, substansiyalar, tibbiy texnika va boshqa zarur tovarlarni bojxona to`lovlaridan, shu jumladan, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish bo`yicha ko`rsatma berildi.

* 1 oktyabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan ob`ektlariga nisbatan mol-mulk va er solig`ining oshirilgan stavkalari qo`llanilmaydi.

* 1 noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e`lon qilinmaydi.

* Karantin muddati davomida tadbirkorlik sub`ektlari foydalanayotgan 3 ming 600 dan ortiq davlat mulki ob`ektlari bo`yicha ijara haqlarini undirish to`xtatiladi.

*  Barcha loyihalar doirasida investisiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi.

*  Karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to`xtatib qo`yish taqiqlanadi.  

* Aholiga tovarlarni etkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko`rsatish uchun lisenziya olish talabi vaqtinchalik bekor qilinadi.

Шарҳлар