Haydovchi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan

Jamiyat 26.03.2020, 22:50
1072
Haydovchi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan

Joriy yilning 25 mart kuni Denov tumanida avtotranport hodisasi sodir bo`lgan. O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha ushbu baxtsiz hodisa “Shamolli” mahallasi hududidan o`tuvchi M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo`lining 1493 kilometrida yuz bergan. Denov tumanining “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi J.X. “Hyundai” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va yo`ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan.

Natijada, haydovchi J.X. tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

YHXBB haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarmaslikni, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymaslikni so`rab ogohlantradi.

Шарҳлар