O`zbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, tibbiy texnika va boshqa zarur tovarlar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi

Iqtisodiyot 26.03.2020, 22:03
Теглар: koronavirus, O`zbekiston, iqtisodiyot
315
O`zbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, tibbiy texnika va boshqa zarur tovarlar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 26 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda O`zbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, substansiyalar, tibbiy texnika va boshqa zarur tovarlarni bojxona to`lovlaridan, shu jumladan, qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish bo`yicha ko`rsatma berildi.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 martdagi farmoniga muvofiq, bu borada ko`plab imtiyoz va preferensiyalar belgilangan edi.

Bugungi yig`ilishda davlatimiz rahbari biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qo`shimcha engilliklar berish zarurligini ta`kidladi.

Шарҳлар