13

O`zbekistonda kreditlarni to`lash muddati uzaytirilmoqda

Iqtisodiyot 25.03.2020, 14:48
1405
O`zbekistonda kreditlarni to`lash muddati uzaytirilmoqda

Markaziy bank mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida qarzlarning kredit to`lovlari bilan bog`liq riskini yumshatish yuzasidan qo`shimcha choralar to`g`risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko`ra, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar krediti bo`yicha muddati o`tgan qarzdorliklarni kechiktirilishda jarima sanksiyalari qo`llanilmaydi hamda undiruvni kredit ta`minotiga qaratmaslik tavsiya etiladi.

Ya`ni, Markaziy bank 2020-yil 1-oktyabrga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlariga, ularning murojaatlariga asosan imtiyozli davrlarni uzaytirish va shunga mos ravishda kreditning oxirgi so`ndirish muddatini uzaytirish tavsiya etgan.

Шарҳлар