13

O`zbekistonda yaqin kunlarda benzin narxlarining pasayishi kutilmoqda

Iqtisodiyot 25.03.2020, 09:20
445
O`zbekistonda yaqin kunlarda benzin narxlarining pasayishi kutilmoqda

Ai-91, Ai-92 va Ai-95 benzinlarining narxi 3%ga pasayishi kutilmoqda, deya xabar berdi o`z manbasiga tayanib,  «Gazeta.uz». Narxlar o`zgarishi yaqin kunlarda amalga oshishi kutilmoqda.

Yangi narxlar hafta oxirigacha e`lon qilinishi kutilmoqda. Manbaning ma`lum qilishicha, «O`zbekneftgaz» kompaniyasi yoqilg`i narxini pasaytirishidan maqsad aholining xaridorlik quvvatiga salbiy ta`sir bo`lishining oldini olish.

O`z navbatida, kelajakda narxlarga koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida iste`molchilarning yoqilg`iga bo`lgan ehtiyojining o`zgarishi ham ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Yoqilg`i narxining kelajakda arzonlashishining yana bir omillaridan biri — taklifning talab hajmidan oshishi. Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida avtomobil benzinini ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilgi shu davrga nisbatan 25,5%ga — 151,6 ming tonnadan 190,3 ming tonnagacha oshgan. Talab esa pastroq suratda o`smoqda.

Hozirgi kunda Ai-80 benzinining narxi 4500 so`m, Ai-91 — 5800 so`m, Ai-92 — 6200 so`m, Ai-95 — 6 585 so`m. Ai-80 benzinining narxi o`zgarishsiz qolishi kutilmoqda.

Qo`shimcha qilinishicha, aprel oyida dizel va EKO dizel yoqilg`ilarining narxi ham pasaytirilishi rejalashtirilmoqda. Oldinroq import qilinadigan dizel narxi 7500 so`mdan 7300 so`mga arzonlashgan edi.

O`zbekistonda avtomobil benzini (Ai-80, Ai-91, Ai-92 i Ai-95) va dizel yoqilg`isi Farg`ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.

Oldinroq hukumat tomonidan Farg`ona Neftni qayta ishlash zavodiga mustaqil ravishda o`z mahsulotlarining (Ai-80, Ai-91, Ai-92 benzinlari, B-92, mazut, dizel yoqilg`isi, motor moylari, bitum va boshqalar) narxlarini belgilash huquqi berilgan edi. Bundan tashqari, Indoneziyalik PT Trans Asia Resources bilan ushbu zavodning sotuvi borasida kelishuv imzolangan.

15 avgustdan boshlab Ai-91 benzinining narxi birja savdolari orqali belgilanmoqda.

Шарҳлар