my5
all

Shahzoda Matchanova: «Italiyada hamma ashula aytib, bir-birini qo`llayapti, ammo bizda hamma jahlda yashayapti..."

Madaniyat 23.03.2020, 19:29
Теглар: Italiya,, Shahzoda Matchanova
2283
Shahzoda Matchanova: «Italiyada hamma ashula aytib, bir-birini qo`llayapti, ammo bizda hamma jahlda yashayapti..."

Aktrisa Shahzoda Matchanova mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar haqida bo`layotgan gap so`zlarga munosabat bildirdi.

U ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus bilan bog`liq postlar ostida insonlar tomonidan bildirilayotgan fikrlardan xafa bo`layotganini aytgan.

Uning kuzatishi bo`yicha tarmoqda ko`plar virusni yuqtirib olib, O`zbekistonga qaytib kelganidan g`azablanmoqda va tarmoq foydalanuvchilari virusga chalinganlar o`sha erlarda qolib ketish kerak edi mazmunidagi fikrlarini bildirmoqda.

“Qanday qilib shu vaziyat bolishi mumkin?! Bir xil odamlarda chet elda vaqtincha yashash imkoni bor, boshqalarda esa-yo`q, ketganlar nima qilishsin, axir ular ataylab kasal bo`lib kelishni xohlamagan edi. Odamlarga bir voqea bersang, oyog`i bilan bosib o`tib ketadilar. Allohdan chin qalbingizdan shu dardga davo so`rasangiz axir o`zingizga savob bo`ladi! Nafratlanmanglar, axir sizni ulardan farqingiz yo`q. Italiyada hamma ashula aytib, musiqiy instrumentlarni chalib bir-birini qo`llab-quvvatlayapti, ammo bizda hamma jahlda yashashyapti! 

Men koronavirusdan qo`rqmayman, men hurmatsizlikdan qo`rqaman. Shu kasallik epidemiyasi albatta o`tib ketadi, lekin yovuz qalblar.... Allohning hukmidan qo`rqing! Kasal bulganlarga esa Alloh shifo bersin” – deb yozadi aktrisa o`zining instagramdagi sahifasida.

Шарҳлар