13

Si Szinpin Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

Siyosat 23.03.2020, 13:18
1122
Si Szinpin Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga!

Muhtaram Prezident Janoblari!

Xitoy hukumati va xalqi nomidan, shaxsan o`z nomimdan Sizni va Siz orqali O`zbekiston hukumati va xalqini Navro`z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Keyingi yillarda Xitoy-O`zbekiston har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy rivojlanish tendensiyasi saqlanib turibdi. Siyosiy o`zaro ishonch muttasil mustahkamlanmoqda, "Bir makon, bir yo`l"ni birgalikda amalga oshirishda salmoqli natijalarga erishildi, mamlakatlarimiz xalqaro maydonda faol va samarali hamkorlik qilmoqda. Bularning barchasi Xitoy-O`zbekiston munosabatlarini yanada rivojlantirishda keng istiqbollar ochmoqda. Xitoy va O`zbekiston koronavirus epidemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda bir-birini qo`llab-quvvatlab, yaqindan hamkorlik qilayotgani ikki tomonlama aloqalarda yuksak darajaga erishilganini namoyish etmoqda. Men buni yuksak qadrlayman.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo`lida munosabatlarimizni uzluksiz mustahkamlash maqsadida Siz bilan yaqin muloqotlarni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sog`lik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, do`st O`zbekiston xalqiga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman!

Si Szinpin,  Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Шарҳлар