my5
all

Kann kinofestivali qoldirildi

Madaniyat 21.03.2020, 10:35
723
Kann kinofestivali qoldirildi

Kann kinofestivali tashkilotchilari may oyi o`rtalarida o`tishi kerak bo`lgan marosimni boshqa sanaga qoldirdi. Bunga dunyoda keng tarqalgan koronavirus pademiyasi sabab bo`ldi. Bu haqda 19 mart kuni tashkilotchilar rasmiy bayonotida ma`lum qilingan.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 12-23 may kunlari o`tkazilishi lozim edi. 

Taxminlarga ko`ra, festival iyun oyining oxiriga qoldirilgan. Yangi sanalar bo`yicha yakuniy qaror keyinroq, Fransiya sog`liqni saqlash vazirligi va Kann shahar meriyasi bilan maslahatlashuvdan so`ng qabul qilinadi.

“Kann kinofestivalini jadval bo`yicha – 12 maydan 23 maygacha o`tkazish imkoniyati bo`lmaydi. Hozirda bir nechta variant o`rganilmoqda. Eng maqbuli – bu iyun oxiri yoki iyulning boshida o`tkazish", deb ma`lum qilgan tashkilotchilar.

Xalqaro Kann kinofestivali - har yili may oyining oxirida Kann kurort shahrida, 1946 yildan buyon o`tkazib kelinadi. Ilk bor 1946 yilning 20 sentyabridan 5 oktyabrigacha bo`lib o`tgan. Festival 1951 yildan so`ng zamonaviy miqyosga ega bo`ldi.

Шарҳлар