13

O`zbekistonda inqirozga qarshi 10 trillion so`m hajmdagi jamg`arma tuziladi

Siyosat 19.03.2020, 20:19
484
O`zbekistonda inqirozga qarshi 10 trillion so`m hajmdagi jamg`arma tuziladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

– Bugungi sharoitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali choralar kutmoqda. Shu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yo`qotishlar o`rnini qoplash uchun zaxira yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash hukumatning asosiy vazifasi bo`lishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Prezidentimiz koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida farmon qabul qildi. Hujjatga asosan, Inqirozga qarshi jamg`arma tuzilib, unda 10 trillion so`m shakllantiriladi.

Yig`ilishda farmonda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta`sirini yumshatish masalalari muhokama qilindi.

Шарҳлар