my5
all

Ozodbek Nazarbekov: "Koronavirus madaniyatimiz ancha pastligini ko`rsatib qo`ydi...”

Madaniyat 19.03.2020, 18:20
Теглар: Ozodbek Nazarbekov, madaniyat, koronavirus
2440
Ozodbek Nazarbekov: "Koronavirus madaniyatimiz ancha pastligini ko`rsatib qo`ydi...”

Ayni paytda jahon bo`ylab pandemiyaga aylangan koronavirus infeksiyasi bizning mamlakatimizni ham chetlab o`tmadi. Shunday murakkab vaziyatda ayrim yurtdoshlarimiz, shu jumladan shifokorlik, tadbirkorlik va boshqa kasblarda faoliyat ko`rsatayotgan insonlar barchani xavfli pandemiyaga qarshi kurashda birlashishga chaqirishmoqda. O`zlarining namunali xatti-harakatlari bilan barchaga o`rnak bo`lishmoqda. Biroq "guruch kurmaksiz bo`lmas" deganlaridek ushbu vaziyatdan foydalanib, boylik orttirishni ko`zlayotganlar ham yo`q emas. Ana shunday kimsalar haqida O`zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`z fikr-mulohazalarini bildirdi:

—  Insonning chin odamiylik fazilatlarini ko`rsatadigan omil bu uning madaniyatligi ekanligi bilan bevosita bog`liq. Agar kishida madaniyat bo`lsa, u qonunni hurmat qiladi, korrupsiyani yomon ko`radi, chin iymonli bo`ladi. Agar madaniyat bo`lmasa, hayvondan farqi qolmaydi.

Yurtimizda koronavirus bilan bog`liq holat ko`pchiligimizning madaniyatimiz ancha past ekanligini yaqqol ko`rsatib qo`ydi. O`zingiz ayting, dorixonaga kirib, qutida 50 dona antiseptik vositani ko`tarib chiqib ketish qaysi insoniylik mezonlariga to`g`ri keladi?! Bir yoki ikki dona olsa, boshqalarga ham yaxshilik qilgan bo`lmaydimi? Yoki mana shunday sinovli vaziyatda narx-navoni sun`iy oshirib, daromad olishni o`ylagan ayrim “tadbirkor”larni nima deb atash kerak?!

Шарҳлар