my5
all

Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (Video)

Dunyo 19.03.2020, 15:05
Теглар: Video
2334
Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (Video)

Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri Bruno Bryuins parlamentda koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi.

Majlisdan olingan lavhalarda parlament a`zolaridan biri savol bermoqchi bo`lganida, gapirishdan to`xtab qolgani, shu vaqtda minbarda turgan Bryuins hushini yo`qotib yiqilgani, uni yonidagi parlament a`zolari ushlab qolganini ko`rish mumkin. So`ng vazir o`ziga kelib, suv ichgan va shundan keyin u majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Keyinroq Bryuins o`zining Twitter’ida qo`llab-quvvatlashlar uchun barchaga minnatdorchilik birdirgan va hushidan ketishi oxirgi haftalardagi qattiq ishlash va charchoq tufayli yuz beganini bildirgan.

«Hozir dam olish, ertaga esa ishga qaytib koronavirusga qarshi kurashish uchun uyga keyapman», — deb yozgan vazir.

Niderlandiyada koronavirusdan dastlabki o`lim holari 6 mart kuni qayd etilgan. Shundan buyon mamlakatda virusdan umumiy hisobda 58 kishi vafot etdi. Amerikaning Jon Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, Niderlandiyada COVID-19 2 056 kishida aniqlangan, ikki kishi rasman tuzalgan.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 18 martda butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya`ni 80 foizi ikki mintaqada — Evropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to`g`ri kelmoqda.

Шарҳлар

"Qashqadaryoda mafiyami? Hammani urib-qaqshatib tashladi. Xalq ko`chaga chiqdi. Bozor mojarosi" videosiga rasmiy izoh berildi (Video)

30.05.2020, 10:00

Ijtimoiy tarmoqda “Qashqadaryoda mafiyami?... Hammani urib qaqshatib tashladi. Xalq ko`chaga chiqdi. Bozor mojarosi”  sarlavhali video paydo bo`ldi. Video muallifi Dehqonoboddagi bozor qurilishi yakunlanganini, ammo hokimlik...
Hamyurtlarimiz Moskvadan O`zbekistonga olib kelindi (Video)

27.05.2020, 14:00

Toshkent - Moskva - Toshkent reysi bilan hamyurtlarimiz O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar belgilangan...
Qashqadaryo viloyati FVB: qutqaruvchilar ko`pqavatli uyga kirib olgan ilonni olib chiqishdi (Video)

27.05.2020, 12:40

Ushbu voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda yuzaga keldi. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma`lum qilgan. Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda,...
Qarshilik ayolning yashirin va nojo`ya qilmishi fosh bo`ldi (Video)

26.05.2020, 13:52

2020 yilning 2 may kuni Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shaharning Cho`lquvar mahallasi fuqarolar yig`ini hududidagi...