my5
all

Kechikayotgan sud qarori ijrosini kim ta`minlaydi?

Savol-javob 12.02.2020, 17:21
1803
Kechikayotgan sud qarori ijrosini kim ta`minlaydi?

— Yoshim 69 da. Hisobchi, iqtisodchi, omborchi bo`lib ishlaganman. Men ishlaydigan xo`jalikka yangi rais keldi. U mendan majburiy mehnat ta`tiliga ariza yozdirdi. O`rnimga bir tanishini ishga oldi. Mehnat ta`tilidan keyin raisning oldiga borsam, turli bahonalar qila boshladi. 2 yildan so`ng viloyat prokuraturasi va viloyat kasaba uyushmasiga murojaat qildim. So`ng ishga tiklanib, 2 yillik maoshimni undirish haqida qaror chiqarildi. Ammo sud qarori ijro etilmayapti...

Shukurullo Yuldashev, Andijon tumani

Jasur SIROJEV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi sudyasi: 

— FPKning 451-moddasiga muvofiq, sudning hal qiluv qarori majburiy tartibda ijro etish uchun, agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo`lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e`tiboran 3 yil ichida taqdim etilishi mumkin.

  • Davriy to`lovlarni undirish uchun  Ishga tiklash nizolari bo`yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy;
  • Xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararni to`lash haqidagi nizolar bo`yicha zarar etkazilgani ish beruvchiga ma`lum bo`lgan kundan boshlab 1 yil;
  • Boshqa mehnat nizolari bo`yicha xodim o`z huquqi buzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo`lgan kundan boshlab 3 oy.

Ushbu moddada belgilangan mud- datlar uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Oliy sud Plenumi “Sudlar tomoni- dan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo`llanilishi haqida”gi qarorining 3-bandiga ko`ra, sudya da`vo qilish muddati o`tkazib yuborilgan degan asosberilgan ijro varaqalari bu to`lovlar undiriladigan butun davr ichida ijroga taqdim etilishi mumkin. Ijro varaqasi ijroga taqdim etilguniga qadar o`tgan vaqt uchun davriy to`lovlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida undiriladi. Agarda cizning foydangizga ish haqi undirish to`g`risida sud qarori chiqarilgan-u, ushbu sud qarori ijro etilmagan bo`lsa, suddan ish haqini undirish haqida ijro varaqadan dublikat berishni so`rab murojaat etishingiz lozim.

Shuningdek, FPKning 451-moddasi talabiga muvofiq, muddat uzrsiz sababga ko`ra o`tkazib yuborilgan bo`lsa, sud tomonidan ijro varaqasi berilishi rad etilishi mumkin.

Bundan tashqari, ish haqini undi- rish haqida sud qarori mavjud bo`lgan taqdirda, sudga takroran aynan o`sha tashkilotga nisbatan ish haqini undirib olish haqidagi da`vo arizasi bilan sudga murojaat etish mumkin emas. Chunki, FPKning 124-moddasiga ko`ra, FIB sudning, iqtisodiy sudning yoki ma`muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o`rtasidagi, ayni bir predmet to`g`risidagi va ayni bir asoslar bo`yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da`vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to`g`risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo`lsa, sud ish yuritishni tugatadi.

Mehnat kodeksining 275-moddasiga ko`ra, ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqli.

Mehnat shartnomasi g`ayriqonuniy ravishda bekor qilingani, boshqa ishga g`ayriqonuniy ravishda o`tka- zilgani yoki ishdan g`ayriqonuniy ravishda chetlatilgani oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq to`lash to`g`risidagi mehnat nizolarini ko`rib chiqish chog`ida mehnat nizolarini ko`ruvchi organ tomonidan xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq bo`lmagan muddat uchun qondiriladi. Xodimning pul undirishga doir boshqa talablari 3 yildan ortiq bo`lmagan muddat uchun qondiriladi.

Ma`lumot tariqasida bildirila diki, Mehnat kodeksi 270-moddasiga muvofiq, sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:

  • Ishga tiklash nizolari bo`yicha xodimga u bilan mehnat shartno- masi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy;
  • Xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararni to`lash haqidagi nizolar bo`yicha zarar etkazilgani ish beruvchiga ma`lum bo`lgan kundan boshlab 1 yil;
  • Boshqa mehnat nizolari bo`yicha xodim o`z huquqi buzilganini bilgan yoki bilishi lozim bo`lgan kundan boshlab 3 oy.

Ushbu moddada belgilangan mud- datlar uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Oliy sud Plenumi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonun- larning qo`llanilishi haqida”gi qarori- ning 3-bandiga ko`ra, sudya da`vo qilish muddati o`tkazib yuborilgan degan asos bilan da`vo arizani qabul qilmaslikka haqli emas. Sud da`vo muddati uzrli sabablarga ko`ra o`tkazib yuborilgan deb topsa, bu muddatni tiklaydi. Agar sud ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish muddati uzrsiz sabablarga ko`ra o`tkazib yuborilganini aniqlasa, da`voni rad etadi.

FPKning 10-moddasi hamda Fuqarolik kodeksining 153-moddasining 2-qismi mazmuniga ko`ra, fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi tufayli da`vogarning sudga murojaat etish muddatini o`tkazib yuborilgani masalasi sud tomonidan faqat nizodagi tarafning bergan arizasiga muvofiq qo`llaniladi.

Shunga ko`ra, ish haqi undirish haqi- dagi da`vo talabi bilan o`z vaqtida sudga murojaat etilmasligi o`z navbatida taraflarning da`vo muddatini qo`llash haqidagi talabi bilan da`vo talabi rad etilishi mumkin.

Yuqoridagi qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli FIB tumanlararo sudiga murojaat etish tavsiya etiladi. 

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар