my5
all

Shovotda direktor o`rinbosarini ishdan bo`shatilishiga nima sabab?

Savol-javob 10.02.2020, 15:10
2030
Shovotda direktor o`rinbosarini ishdan bo`shatilishiga nima sabab?

— Xorazm viloyat Xalq ta`limi boshqarma boshlig`i o`rinbosari o`z mansabidan foydalanib, “seni boshqa joyga ishga o`tkazamiz”, deb aldab Shovot tumanidagi 49-maktab direktor o`rinbosarligidan bo`shatishdi. Hatto hech qanday ish berishmadi. Ishsiz qolaveramanmi? 

Farhod Sobirov, Xorazm viloyati Shovot tumani

“SUDGA MUROJAAT QILIShINGIZ MUMKIN”

B.AHMEDJANOV, Shovot tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazi direktori:

— Ushbu holat o`rganilganda, siz 49-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida ixtisoslashtirilgan fanlar bo`yicha direktor o`rinbosari, keyin matematika fani o`qituvchisi vazifasida ishlab kelgansiz. 

2017 yil 31 oktyabrdagi 116-sonli buyruq bilan siz ichki mehnat tartib qoidalarini qo`pol ravishda buzganingiz sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Asos qilib kasaba uyushma komissiyasining bayonnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-bandi olingan.

Mehnat kodeksining 100-moddasida Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish belgilangan. Ushbu moddaning 2-qismi 4-bandida xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzganligi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo`lgan mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzishlarning ro`yxati ichki mehnat tartibi qoidalari: korxona mulkdori bilan korxona rahbari o`rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo`llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi, deyilgan.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 101-moddasi 1-qismida Basharti jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo`lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, deyilgan. Siz bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-bandiga asosan bekor qilishda yuqoridagi modda talablariga rioya qilingan.

2018 yil 24 avgustda siz Prezidentimizga Prezident pochtasi orqali ishga joylashtirish to`g`risida murojaat qilgansiz va Shovot tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan taqdim etilgan bo`sh va kvota ish o`rinlari to`g`risidagi ma`lumotlar bilan tanishtirilgansiz. Sizga Shovot tumanidagi 10-son umumiy o`rta maktabiga matematika o`quvchisi vazifasiga yo`llanma berilgan. 2018 yil 5 sentyabrdan 9-sonli buyruq bilan matematika fani o`qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingansiz, hozirgi kunda ishlab kelmoqdasiz. 

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 270-moddasi birinchi qismi birinchi xatboshida ishga tiklash nizolari bo`yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab, 1 oy muddatga sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etishi belgilangan. Siz ushbu muddatni o`tkazib yuborganingiz sababli avvalgi ish joyingizga taklanish uchun sudga murojaat qilishingiz mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Шарҳлар