my5
25

Rashid Holiqov nabirali bo`lgani munosabati bilan rafiqasi va keliniga ajoyib sovg`a berdi

Shou-biznes 08.01.2020, 12:01
11811
Rashid Holiqov nabirali bo`lgani munosabati bilan rafiqasi va keliniga ajoyib sovg`a berdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Holiqov 4 yanvar kuni bobo bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Xonandaning  o`g`il nabirasiga  Emin deb ism qo`yildi.

Chaqaloq kecha 7 yanvar kuni tug`ruqxonadan olib chiqildi. Shu munosabat bilan Rashid Holiqovning xonadonida katta tantana tashkil etildi. Bu haqida uning o`zi va katta o`g`li Sanjar Xoliqov o`zining instagramdagi sahifasida ma`lum qildi. Tantanaga juda ko`p mehmon, xususan, aksariyat shou-biznes vakillari tashrif buyurganini ko`rish mumkin.

Rashid Holiqov o`g`il nabirani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg`a qildi.

Шарҳлар