my5
all

Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi? O`qing, sizga ham foydasi tegadi!

Mutolaa 24.10.2019, 09:30
3346
Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar  aytilishini bilasizmi? O`qing, sizga ham foydasi tegadi!

📚 Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko`rasan. Agar uyquning o`rniga o`qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko`rasan.

📚 Qachonki sen hammasiga juda kech bo`ldi deb o`ylasang, aslida hali erta bo`ladi.

📚 O`qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

📚 O`qish — bu vaqt sarflash emas. O`qish — harakat qilish.

📚 Hayot faqat o`qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o`ta olmasang, nimaga ham qodir bo`la olarding?

📚 Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

📚 Kimki hammasini erta qilsa, o`zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi. 

📚 Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o`z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

📚 Vaqt uchadi. Hozirgi so`laging ertaga ko`z yoshi bo`ladi.

📚 Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo`lasan.

📚 Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

📚 Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

📚 Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

📚 Hozir xatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

📚 Qiyinchiliklarsiz maqsadga etib bo`lmaydi.

Шарҳлар