my5
all

Tanlovingiz fe`lingizdan so`zlaydi

SUG'DIYONA 19.03.2018, 16:43
5950
Tanlovingiz fe`lingizdan so`zlaydi

Gohida fe`limizga o`zimiz ham tushunmay qolamiz. E`tiboringizga taqdim etilayotgan test esa sizning o`zingizga xos tomoningiz haqida so`zlaydi. Sharti oddiy — suratdagi kreslolarga diqqat bilan qarab, faqat bittasini tanlang va unga berilgan ta`rifni o`qing.

Ishchan

1. Ofisbop kresloni tanlaganingizga qaraganda, ishga mukkasidan ketganlar toifasidansiz. Albatta, mehnatkashlik yaxshi sifat. Ammo ishga munosabatingiz sog`lommi yoki bor alamingizni shu yo`l bilan chiqarayapsizmi? Ayni paytda zerikarli va og`ir ish bilan shug`ullanayotgan bo`lsangiz ham, ajabmas. Balkim ta`tilga chiqish, ish tartibiga yangilik kiritish, umuman yo`nalishni o`zgartirish haqida ham o`ylab ko`rarsiz? O`z fikringizni aytishdan cho`chimasligingiz e`tiborga molik. Faqat qaerda, qaysi vaziyatda — shunga diqqat qiling.

Xayolparast

2. Ayni paytda, ochiq ayvonda, oromkursida o`tirgancha xayol surishni istayapsiz hoynahoy. Aslida ham siz kun davomida bir joydan qimir etmasdan, hech nima qilmasdan xayollar ummoniga sho`ng`ishingiz mumkin. Romantik, ijodkor va orzumand insonsiz. Sizning o`ylaringiz, istaklaringiz chegara bilmaydi. Gohida real hayotni unutib ham qo`yasiz. Muvozanatni topishingiz kerak. Masalan, xayolingizga kelgan fikrlarni daftarchaga qayd qilishni boshlang. Shunda ular real hayotga ko`chib, natija ko`rsata boshlaydi. Olamshumul g`oyalarga mualliflik qilsangiz, zo`r-ku!

Ruhshunos

3. Tebranma o`rindiqni tanlaganlar tabiatan ruhshunos bo`lishadi. Ular qarshisidagi kishini jon quloqlari bilan sahardan shomgacha kiprik qoqmasdan tinglashlari mumkin. Boshqalarning hayoti, hikoyalari ular uchun juda qiziq. Kirishimli, savol berishni xush ko`ruvchi, samimiy, xotirjam va albatta, tinglashni biladigan insonsiz. Eshitganlaringizni tahlil qilish qobiliyatingiz esa tahsinga loyiq. Aynan shu sifatingiz tufayli sizga dardini yorgan kishini tushuna olasiz, uni ayblashdan, mazax qilishdan yiroqsiz.

Faylasuf

4. Klassik uslubdagi kresloga ixtiyor berganlar, uzoq o`ylaydigan kishilar sanaladi. Ularning qarashlari faylasufona. Dunyoqarashlari shunchalik kengki, yolg`izlikda ham zerikish neligini bilishmaydi. Agar u-bu kim bilan kimsasiz orolga tushib qolsalar, uni ham zeriktirishmaydi. Qiziqarli insonliklari, kuzatuvchanliklari, xotiralari o`tkirligi, so`zlarni oqillik bilan tanlab nutqida ishlatishlari suhbatdoshlarining safini kengaytiradi.

O`quvchi

5. Siz nega aynan oddiygina stulni tanladingiz? Chunki doim o`rganishga shaysiz! Sabrli va intiluvchanligingiz ham har ishda qanot bo`lguvchi xususiyatlaringizdan. Yangi bilimlarni egallash, kashfiyotlar qilish tabiatingizga xos. Miyangiz to`la g`ij-g`ij g`oya! Muhimi, ularni amalga tadbiq etishni ham bilasiz. O`qish va o`rganishdan charchamang. Faqat o`zingizga kuch bag`ishlovchi, ruhan va jismonan toliqishingizga yo`l qo`ymaydigan mashg`ulotlar bilan ham shug`ullanib turing.

Sayohatchi

6-raqam ostidagi o`rindiq siznnig ayni paytda o`zingizni bo`sh qo`yib, hamma narsani unutib, ruhan engil tortishni istayotganingizdan so`zlaydi. Qolaversa, sayyohat qilish jonu dilingiz ekanligini ham anglatadi. Ayniqsa, mashina yoki samolyot oynasidan atrofni tomosha qilib ketishni xush ko`rasiz. Sizga yangi joylar, yangi tanishlar, ana boringki, yangi buyumlar ham o`zgacha kayfiyat bag`ishlaydi. Bu bir tomondan qiziquvchanligingizdan darak bersa, ikkinchi tomondan ruhan xotirjam emasligingizning ham ta`siri bo`lishi mumkin. Muammolardan chalg`ishni emas, ularni yo hal qilish, yoki qo`yib yuborishni o`rganing.

MUXLISA tayyorladi.

Шарҳлар