28

Toshkentdagi yomg`irli havo qachongacha davom etishini bashorat qilishdi

Jamiyat 30.05.2014, 22:02
9842
Toshkentdagi yomg`irli havo qachongacha davom etishini bashorat qilishdi

30 may kuni yurtimizda yoqqan yomg`ir toshkentliklarning yodida ancha paytgacha saqlanib qolishi aniq. Shu kunlarda o`lkamizda hukmronlik qilayotgan bunday havo qachongacha davom etishi haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi ma`lumot berdi.

Markazining xabar qilishicha, 30 may kuni respublikamizda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`adi va momaqaldiroq kuzatiladi, kunduzi havo harorati +26, +28 daraja, kechasi 16-18 daraja iliq bo`ladi. 

31 may kuni ham havo o`zgarib, qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, kunduzi 25-27 daraja, kechasi 16-18 daraja iliq bo`ladi. 

1-2 iyunda Toshkent shahrida havo o`zgarib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi ehtimoli bor. 

3-4 iyunda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Шарҳлар