28

991 mln so`mlik qishloq xo`jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi

Jamiyat 30.05.2014, 11:18
2961
991 mln so`mlik qishloq xo`jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti uchun barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 8 maydagi 93-son Qarori bilan qishloq xo`jaligi mahsulotlarni eksport qilishning amaldagi tartiblari belgilab qo`yilgan. Ammo, mazkur tartiblarga rioya qilmasdan xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar tadbirkor”lar yurtimizda etishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o`tib, mo`may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o`z vaqtida chek qo`yilmoqda va noz-ne`matlar elimiz dasturxoniga qaytarilmoqda.

Yaqinda Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg`ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan respublikamizdan qo`shni davlatga chiqib ketayotgan  yuk avtoulovi bojxona nazoratidan o`tkazish natijasida 2,5 tn piyoz yashirincha olib ketilayotganligi ma`lum bo`ldi.  Ushbu qishloq ho`jalik mahsulotiga avtoulov egasi fuqaro M.Saliev eksport qilish huquqini beruvchi bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Yana bir holatda mazkur post orqali harakatlanayotgan avtoulov bojxona nazoratidan o`tkazilganida fuqaro E.Raxmonov  og`irligi salkam 500 kg bo`lgan   xar xil turdagi qishloq xujaligi mahsulotlarini  tegishli hujjatlarsiz olib o`tmoqchi bo`lgan paytda to`xtatildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo`l bojxona posti xodimlari tomonidan respublikamizdan horijga ketayotgan yo`lovchi poezdlarini bojxona nazoratidan o`tkazilganda, fuqarolar M.Odilxonov  va O.Toshboltaev   bojxona bayonnomasida qayd etilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 100 kg.dan ziyod qishloq xo`jaligi mahsulotlari - limonlar hamda ko`katlar borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta`kidlash joizki,  joriy yilning o`tgan davri mobaynida respublikamiz bojxonachilari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 181 ta qonunbuzarlik holatlarida qiymati 991,1 mln so`m bo`lgan 944,4 tonna qishloq xo`jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yilgan.

Шарҳлар