28

“Aeroflot” Toshkentga amalga oshiriladigan bir nechta reysni bekor qildi

Jamiyat 30.05.2014, 11:00
3117
“Aeroflot” Toshkentga amalga oshiriladigan bir nechta reysni bekor qildi

Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi Toshkentga amalga oshiriladigan bir nechta reyslarni to`xtatadi. Bu haqda UzDaily.uz nashri Rossiyaning havo transporti Federal agentligiga (Rossaviasiya) asoslangan holda xabar beradi.

Xususan, aviakompaniya Rostova-na-Donu va Mineralny Vodadan poytaxtimizga amalga oshiriladigan reyslarni yopdi. Bundan tashqari, “Aeroflot” Sochi-Toshkent parvozini ham amalga oshirishdan bosh tortdi.

Federal agentlik ma`lumotlariga ko`ra, “Aeroflot” aviakompaniyasi mazkur yo`nalishlarda amalga oshirishga berilgan ruxsatni qaytarib olishga qaror qildi.  

 

Шарҳлар