28

“O`zbekiston temir yo`llari” lokomotivlar parkidagi elektrovozlar soni 100 taga etdi

Jamiyat 30.05.2014, 10:29
7128
“O`zbekiston temir yo`llari” lokomotivlar parkidagi elektrovozlar soni 100 taga etdi

Milliy matbuot markazida “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining lokomotivlar parkini yangilashga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda yangi temir yo`l liniyalari va zamonaviy vokzallar barpo etilib, foydalanishga topshirildi, mavjud va yangi temir yo`llarni elektrlashtirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Lokomotiv va yuk vagonlari parkini yangilashga alohida e`tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 13 martda qabul qilingan “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi lokomotivlar parkini yangilash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qaroriga asosan yigirmadan ortiq zamonaviy yuk tashish elektrovozlarini xarid qilish bo`yicha loyiha hayotga tatbiq etilayotir.

Matbuot anjumanida lokomotivlar parkidagi elektrovozlar soni ayni paytda yuztaga etgani ta`kidlandi. Shuningdek, bu erda 242 magistral va 258 manyovr teplovozi mavjud. Kompaniya parki yildan-yilga yangi zamonaviy transport vositalari bilan to`ldirib borilmoqda.

“O'ZEL” rusumidagi 38 elektrovozning xarid qilingani “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining lokomotiv parkini texnik qayta jihozlash va yangilash borasidagi yana bir qadam bo`ldi. O`tgan yili 11 shunday zamonaviy elektrovoz olib kelindi, deya xabar beradi O`zA.

Lokomotiv parki zamonaviy elektrovozlar bilan yangilanayotgani “O`zbekiston temir yo`llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasi uchun texnik-iqtisodiy samara bermoqda. Ta`mirlash jarayonida ko`p mehnat talab qiladigan ishlar hajmi qisqarib, material va resurslar sarfi kamayib bormoqda. 

Шарҳлар