25

Klichko Kiev meri etib tayinlandi

Dunyo 30.05.2014, 10:12
3951
Klichko Kiev meri etib tayinlandi

Kiev meri saylovida  56 foiz ovoz to`plagan “UDAR” fraksiyasi etakchisi Vitaliy Klichko g`alaba qozondi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda. 

“Kievning yangi boshlig`i bor, u hamkasbimiz Vitaliy Klichko”, - deya e`lon qildi parlament yig`ilishida prezident vazifasini bajaruvchi Aleksandr Turchinov.  

Shuningdek, Ukraina markaziy saylov kommisiyasi prezidentlik saylovlari barcha ovoz berish uchastkalarining protokollarini hisoblab chiqdi.

25 may kuni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovida eng ko`p ovozni Pyotr Poroshenko to`pladi.  
“Elektron protokollar 100 foiz ko`rib chiqilganidan so`ng,  54,7 foiz natija bilan Pyotr Alekseevich Poroshenko g`alaba qozondi”, - deya ma`lum qildi Aleksandr Turchinov.

 

Шарҳлар