25

O`zbekiston milliy termasi ikkinchi o`yinda ham Ummonga mag`lub bo`ldi

Sport 30.05.2014, 09:24
2464
O`zbekiston milliy termasi ikkinchi o`yinda ham Ummonga mag`lub bo`ldi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvida ham imkoniyatni boy berdi.

29 may, payshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida O`zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari o`rtasida xalqaro o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tdi. uch kun avval, 27 may, seshanba kuni har ikkala terma jamoa Olmaliq shahrida to`qnash kelgan va unda Ummon milliy terma jamoasi 1:0 hisobida g`alaba qozongan.

Ikkinchi uchrashuvda ham omad o`zbekistonlik futbolchilarga kulib boqmadi. Aksincha, uchrashuv birinchi bo`limida Iyd al-Forsiy tomonida kiritilgan yagona gol o`yin taqdirini hal qildi. O`yin davomida Mirjalol Qosimov shogirdlari Ali al-Habsiy qo`riqlayotgan darvozani ko`p bora nishonga olishganiga qaramay, hisobni tenglashtirish uddasidan chiqa olishmadi.

Ummon milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi o`yin faxriy futbolchilar – Maksim Shaskix, Ulug`bek Baqoev va Viktor Karpenko uchun O`zbekiston milliy terma jamoasidagi so`nggi o`yin bo`ldi. Uchrashuv tanaffusi vaqtida ushbu futbolchilarni tantanali ravishda kuzatish marosimi bo`lib o`tdi.

 

Шарҳлар