28

Bred Pittga ukrainalik jurnalist hujum qildi (FOTO)

Shou-biznes 29.05.2014, 14:51
6981
Bred Pittga ukrainalik jurnalist hujum qildi (FOTO)

Kuni kecha Golivudda “Malefisenta" filmi premerasi bo`lib o`tdi.

Premerada Anjelina Joli va Bred Pitt qatnashdilar.  Ammo, premera davomida ko`ngilsiz voqea sodir bo`ldi.

Ukrainalik jurnalist Vitaliy Sedyuk Bred Pittga hujum qildi. voqea El Capitan kinoteatrining qizil yo`lakchasida sodir bo`ldi.

Sedyuk to`siqni kesib o`tib, Pittga tashlandi. Akter o`zini yo`qotmadi u jurnalistga nisbatan javob qaytardi. Shundan so`ng, qo`riqchilar uni ushlab olishdi. Bir oz vaqtdan so`ng, Sedyuk ikki polisiya xodimi nazoratida olib ketildi.

Pittga hujum qilinganida Anjelina Joli qizil yo`lakchaning boshqa qismida edi.

Vitaliy Sedyuk avvalari ham shunga o`xshash janjallar ko`targan. U aktrisa Amerika Ferrera yubkasining tagiga boshini tiqmoqchi bo`lgan, Leonardo Di Kaprio shimiga yuzini bosgan, Uill Smittdan bo`sa olmoqchi bo`lgan va Bredli Kuperga tiz cho`kkan.    

Шарҳлар