my5
all

«Suvparisi» taomi — beklar uchun yana bir taklif

SUG'DIYONA 07.03.2018, 11:55
3592
«Suvparisi» taomi — beklar uchun yana bir taklif

Zarur masalliqlar: 2 kg. sazan balig`i go`shti, 150 ml. smetana, 100 ml. o`simlik yog`i, 100 gr. un, 100 ml. suv, 1 bosh piyoz, 1-2 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini kattaroq bo`laklarga bo`ling. Tuz sepib, unga belab oling. So`ngra qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkala tomonini ham qizartirib, 15 daqiqalar qovuring.

2. Piyozni aylana shaklda to`g`rab, sarimsoqpiyozni ezib, qovurilayotgan baliqqa qo`shing.

3. 3-4 daqiqalardan so`ng smetana, qora murch va tuz solib, suv quying. 20 daqiqa dimlasangiz, taom tayyor!

1 soat

8 kishilik

Шарҳлар