my5
all

Dunyodagi eng yaxshi kaynona nasihati

Hidoyat sari 16.01.2018, 13:25
3423
Dunyodagi eng yaxshi kaynona nasihati

Bir zamonlar juda oqila adolatli ayol bo`lgan ekan. U ayolni ikki o`g`il farzandi bo`lgan ekan. Ayol farzandlari haqqiga ular to`g`ilishi bilanoq juda ko`p duo qilar ekan. Ularga soliha umr yo`ldoshlari kelishini, kelinlari uyini farishtalariga aylanishini orzu qilarkan.

U yillar davomida bo`lajak kelinlari bilan ilk uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko`ribdi. Oradan yillar o`tib farzandlari ulg`ayishibdi va katta o`g`li oila quribdi. Tuyning ertasiga ayol kelinini huzuriga chorlab shunday debdi:

— Qizim, bugundan boshlab ko`zimni nurini sizga omonat qilib topshiraman. Uni yillar davomida asradim va bugun tushunib etdimki uni aynan siz uchun asradim. Bugundan boshlab uni sizga topshiraman. Men uning onasiman, u uchun eng aziz insonman. Unga umrim davomida qo`limdan kelgan barcha yaxshiliklarni qildim. Umrimni qurbon qildim. Nima uchun bilasizmi?!

Kelin jimgina erga karab bosh irg`adi.

Hayotda yakka-yu yagona niyatim, jigarbandimni baxtli bo`lishi edi. Uni bir umr baxtli bo`lishini duo qildim va o`zim uni baxtsizligiga sababchi bo`lishdan panoh so`radim.

Men uzbek ayoliman.
Kim u o`zbek ayoli?
Qaerda nomi tilga olingan o`zbekni?
Qur`ondami yo hadisda?
Hech qaerda!

Alloh uchun faqat bir toifa ayollar bor! Ular MUSLIMA ayollar.
Xoh o`zbek, xoh ovrupa, xoh sharq ayollari bo`lsin Allohdan panoh topguvchilar bu, muslimalar!

Muslima ayol qanday bo`ladi?
Muslima o`zi uchun faqat Qur`on va hadisni dastur qilib oladi. Na ming yillik urf-odatlar, na odamlarni gapi uni boshqara olmaydi.
Shu yillar davomida hayotda adashmaslik uchun, ozmi-ko`pmi yaxshilardan o`rnak olishga intildim. Ko`p narsalardan boxabar bo`ldim. Yillar davomidagi izlanishlarim natijasi shuni ko`rsatdi-ki, hech bir Qur`on yoki hadisda ayol qaynona-qaynotasiga xizmat qilsin, ularni baxtli qilish ayolni burchi, qozon-tovoq, kir-chirdan boshi chiqmasin, doim qaynonani chizgan chizig`idan chiqmasin. Qaynonasini "rozi qilaman" deb, eri bilan orasi buzilsin deb, yozilmagan ekan. Aksincha Er, Er va yana Er xaqqi deb yozilgan ekan. Shunday ekan siz bu uyga men uchunmas eringiz uchun keldingiz. Yagona va asosiy vazifangiz Eringizni baxtli qilib, Odobli va imonli zurriyodlarni etishtirishdir.
Bu yo`lda sizga hech kim va hech narsa to`sqinlik qilmasligi shart.
Endi qaynona va qaynotaga kelsak, ular hech joyda tilga olinmaganligidan shu ayon bo`ladiki, unday insonlar bu hayotda yo`q!
Bu dunyoda faqat OTA VA ONA mavjud. Qaynona va qaynota bu ota va ona demakdur. Ya`ni siz ularga ota va onangizga qanday munosabatda bo`lganingiz kabi munosabatda bo`lishingiz kerak.
Qaysi farzand ota-onasiga majburlik yo ilojsizlikdan xizmat qiladi?
Qaysi farzand ota-onasini behurmat qiladi?
Aksincha har bir farzand ota-onasini mehr bilan parvarishlaydi. Qalbida bitmas muhabbat bilan xizmatiga shay turadi. Albatta men solih, oxiratini uylovchi farzandlarni nazarda tutyapman, Qizposhsham.
Shuni bilingki, men yillar davomida sizsiz yashadim. Doim o`zimga va Allohga suyandim. Menga sizni xizmatlaringiz chikori. Men bu ishlarni umr bo`yi bajardim bundan keyin xam bajara olishimga shubhangiz bo`lmasin.
Siz bu uyga menga emas, o`g`limga xizmat qilishga keldingiz va fikr-xayolingiz bolamda bo`lsin. "Qaynonamdan baloga qolaman" deb fikringizni men bilan band qilmang. Biron ishga ruxsat olmoqchi bo`lsangiz avvalo eringizdan oling, U sizni hojangiz.

Sizga faqat bir narsani eslatib o`tmoqchiman. Biz eringizni eng yaqin insonlarimiz. Inson bir insonni chin dildan sevsa u sevadigan va qadrlaydigan hamma narsani sevadi. Mana shu asl Muhabbat. Eringizga shunday muhabbat qo`yingki uni ko`radigan ko`zlariga aylaning. Har gal u sizga qaraganida o`zi sevadigan jamiiyki jonzotu mahluqlarga muhabbatni ko`rsin. Bu unda sizga nisbatan yanada kuchli muhabbat uyg`otadi. Ich-ichidan sizdan rozi bo`ladi.

Bordiyu, u sizni u sevgan narsalarni qadrlamasligingizni sezsa muhabbati darz ketadi. Uning yaqinlariga Alloh roziligi uchun chin mehr va hurmat bilan muomala qiling.

Bizlarni majburan emas, Alloh roziligi uchun hurmat qilib qadrlang.

Шарҳлар