my5
all

O`ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK MASJIDDA AZON OVOZ KUChAYTIRGIChLAR ORQALI YaNGRAY BOShLADI (VIDEO)

Hidoyat sari 08.01.2018, 09:47
2348
O`ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK MASJIDDA AZON OVOZ KUChAYTIRGIChLAR ORQALI YaNGRAY BOShLADI (VIDEO)

Toshkent shahrida joylashgan O`zbekistondagi eng yirik masjid — «Hazrati imom» majmuasida 7 yanvar, yakshanba kunidan boshlab mo`min-musulmonlarni namozga chorlovchi azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi. Bu haqda «Azon.uz» xabar bermoqda.

Namozdan so`ng masjid imomi bu voqeaga alohida to`xtalib, ko`plab xayrli ishlari qatori azonni baland ovozda chaqirish ham davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini ma`lum qilgan.

Shuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov O`zbekistonda yana ko`plab masjidlar ochilishi haqida xushxabarni ham aytib o`tgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida uch bosqichda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan Qur`oni karim musobaqasiga to`xtalib, «Qur`oni karimni eshita olsak, eshittira olsak, elimizga nur keladi», deb ta`kidlagandi.

Шарҳлар