my5
all

SAFAR OYI XATAR OYIMI?

Hidoyat sari 27.12.2017, 16:28
4459
SAFAR OYI XATAR OYIMI?

Ko`pchilik «Safar oyida safarga chiqish mumkin emas», «Bu oyda yigit va qizni unashtirib bo`lmaydi» deb aytishadi. Bunday gaplarda asos bormi? Shariatda bu xususda nima deyilgan?

Islomda mana bu oy yomon, bunisi xatarli, bu oyda ehtiyot bo`lish kerak, unisida bemalol yuraverish mumkin, degan gap yo`q. Afsuski, ko`p odamlar safar oyidan shumlanishadi, bu oyda biron kulfat yuz berishidan yoki bo`lmasa inson xayotida muxim axamiyatga ega ishlarni qilishdan qo`rqishadi. Aslida safar oyining biron zararli jixati yo`q. U xam xuddi boshqa oylar kabidir.

«Safar» xijriy oy nomi bo`lib, unda biron xavf-xatar borligi to`g`risida dinimizda na bir ogoxlantirish va na qaytariq bor. Aksincha, safar oyida shumlanmaslik kerakligi xadislarda aloxida ta`kidlangan.

Anas ibn Molik (roziyalloxu anxu) Nabiy (sollalloxu alayxi va sallam)dan rivoyat qiladi: «Kasallik yuqishi va shumlanish yo`q. Menga yaxshi fol – chiroyli so`z yoqadi» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, ibn Moja va Axmad rivoyati).

Ushbu xadisda Islomdan oldingi joxiliyat davrida keng tarqalgan, ammo xozir xam mavjud ikki illat xaqida so`z yuritilib, ular Islom e`tiqodi bilan muolaja qilinmoqda.

Kishilar o`rtasida eng ko`p shumlanish safar oyida yuz beradi, desak xato bo`lmaydi. Іatto ba`zilar: «Safar oyi xatar oyi» deb o`zlari uchun o`zgarmas qonun chiqarib olganlar va xar yili bu oyni aloxida «tayyorgarlik» va vaxima bilan o`tkazadilar. Bu ish xato ekanini quyidagi rivoyatdan bilib olamiz.

Abu Іurayra (roziyalloxu anxu)dan rivoyat qilinishicha, Nabiy (sollalloxu alayxi va sallam): «Kasallik yuqishi yo`q. Boyo`g`li(ning zarari) yo`q. Yulduz so`nishi yo`q. Safar yo`q», deganlar (Muslim, Abu Dovud va Abu Ya`lo rivoyati).

Bu erda odamlar orasida tarqalgan bir nechta noto`g`ri tushunchalar islox qilinmoqda. Jumladan, kasallik faqat Allox izni bilangina yuqishi, kechasi boyo`g`lining sayrashi zararli yoki xosiyatsiz emasligi, osmondagi yulduzlarning uchishi biron kulfatga dalolat qilmasligi va safar oyidan shumlanish noto`g`ri ekani aloxida ta`kilanmoqda.

«Safar oyi» bilan «safarga chiqish» ma`no jixatidan bir-biriga umuman to`g`ri kelmaydi. Arab tilidan xabardor kishilar uchun bu gapning o`zi kulgili. Sababi «safar oyi»dagi «s» «sod» xarfi bilan «safarga chiqmoq»dagi «s» esa «sin» xarfi bilan yoziladi. Ikkala so`zning ma`nosi umuman boshqa-boshqa.

«Safar oyida fotixa qilish mumkin emas», «Safar oyida to`y qilib bo`lmaydi» kabi gaplarda xech qanday asos yo`q. Xo`sh, o`sha gapni tarqatganlardan, agar safar oyida nikox to`yi qilinsa nima bo`ladi, deb so`ralsa, qanday javob berishar ekan? Balki bu oyda nikox to`yi qilinsa, yoshlar bebaxt bo`ladi, degan javob yangrar ulardan. Ularga aytar so`zimiz shuki, agar taqdirda yozilgan bo`lsa, eng fazilatli oylarda nikox qurilsa xam yoshlar bebaxt bo`lishi yoki aksincha safar oyida oila qurgan yoshlar eng saodatli xonadon soxiblari bo`lishlari mumkin.

Xulosa shuki, safar oyida biron xizmat bilan safarga chiqish, qizning bo`yi etganida yoki yigit nikoxga qodir bo`lganda bu oyda ularni unashtirish yoki to`ylarini qilish mumkin. Safar oyida boshqa xayrli ishlarni boshlashdan qo`rqmaslik kerak. Safar to`liq bir oydir. Banda bir oy «sabr» qilib, muxim ishlarga qo`l urmay turishi juda katta xatodir. Ayniqsa, tezkor zamonda xar bir kun, soat, xatto daqiqa va soniya xam qadrli bo`lib bormoqda. Unutmaylikki, chin mo`min banda shariatda qaytarilgan ishlardangina tiyilishi, ruxsat berilgan ishlarni amalga oshirishi lozim. Bu uning dunyoda xam, oxiratda xam baxtli xayot kechirishi uchun zamin xozirlaydi.

Savol-javob muxlis.uz saytidan olindi.


Шарҳлар