my5

EChL. "Chelsi" va "Real" keyingi bosqichda (VIDEO )

Sport 19.03.2014, 09:09
2146
EChL. "Chelsi" va "Real" keyingi bosqichda (VIDEO )

Kecha Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o`rin olgan 2 ta uchrashuv bo`lib o`tdi.

Keyingi bosqich masalasini birinchi o`yinning o`zida hal qilgan Madridning “Real” klubi o`z maydonida “Shalke”ni 3:1 hisobida engdi. Uchrashuvda Ronaldu 2 ta hamda Morata 1 ta to`p kiritdi.  Birinchi uchrashuvda “Real” mehmonda 1:6 hisobida g`alaba qozongan edi.

Real Madrid – Shalke-04 - 3:1 (1:1)
Gollar: 1:0 – 21 Ronaldu, 1:1 – 31 Xoogland, 2:1 – 74 Ronaldu, 3:1 – 75 Morata.

Kunning ikkinchi  uchrashuvi Londonning “Chelsi” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” klublari o`rtasidagi uchrashuvi bo`ldi. Unda londonliklar 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Uchrashuvda gollarni  Samuel Eto′O va Gari Keyxill kiritdi.

Chelsi – Galatasaroy 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 4 Eto′O, 2:0 – 42 Keyxill.

Bugun "Borussiya"-"Zenit" va "Manchester Yunayted"-"Olimpiakos" uchrashuvi bo`lib o`tadi. 

Шарҳлар