my5

EChL. "Barselona" "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yubordi(VIDEO)

Sport 13.03.2014, 09:23
2017
EChL. "Barselona" "Manchester Siti"ni musobaqadan chiqarib yubordi(VIDEO)

Kecha Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final javob o`yinlari doirasida yana ikkita uchrashuv bo`lib o`tdi.

Birinchi uchrashuvda 0:2 hisobida g`alaba qozongan “Barselona” “Manchester Siti” klubini o`z maydonida ham mag`lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda 67-daqiqasida Leo Messi va 90-daqiqada Dani Alves kiritgan gollarga 89-daqiqada Kompani 1 ta gol bilan javob qaytardi.

Barselona Ispaniya – Manchester Siti Angliya 2:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 67 Messi, 1:1 – 89 Kompani, 2:1 – 90 Dani Alves.

 

Yana bir uchrashuv Parijda bo`lib o`tdi. “PSJ” klubi ilk uchrashuvda 0:4 hisobida g`alaba qozonib,  keyingi bosqich masalasini deyarli  hal qilgan edi.

Bu uchrashuvda esa birinchi bo`lib “Bayer” futbolchilari hisobni ochishdi. 6-daqiqada Sem qanotdan uzatilgan to`pni boshi bilan darvozaga joylab qo`ydi.

Ammo ko`p o`tmay “PSJ” javob to`pini kiritdi.  13-daqiqada Markinos hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada esa Lavessi g`alaba to`pini kiritdi. Ikki o`yinning umumiy hisobiga ko`ra, 6:1 “PSJ”ning ishonchli g`alabasi bilan yakunlandi.

 

PSJ Fransiya – Bayer Germaniya 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 6 Sem, 1:1 – 13 Markinos, 2:1 – 53 Lavessi.

Шарҳлар