25

OChL. O`zbekistondan nechta jamoa ishtirok etishi ma`lum bo`ldi

Sport 26.11.2013, 17:20
2434
OChL. O`zbekistondan nechta jamoa ishtirok etishi ma`lum bo`ldi
Bugun OFK tomonidan kelasi mavsumda Chempionlar ligasida mamlakatlardan nechta jamoa ishtirok etishi ma`lum qilindi.

Kelasi yildan e`tiboran O`zbekiston chempioni "Bunyodkor" klubi Chempionlar ligasini guruh o`yinlaridan boshlasa, sovrindorlar "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari pley-offda guruh bahslariga qo`shilish uchun kurash olib boradilar.

Qit`a mamlakatlari uchun Chempionlar ligasida ajratilgan kvotalar ko`rinishi esa quyidagicha holatda qoldi.

G`ARB mintaqasi
Saudiya Arabistoni, Eron- 4 
BAA- 3+1 
Qatar - 2+2 
O`zbekiston- 1+2
Kuvayt - 0+2 
Iordaniya, Hindiston, Bahrayn, Ummon, Iroq - 0+1

ShARQ mintaqasi
Yaponiya, Janubiy Koreya - 4
Xitoy- 3+1 
Avstraliya - 2+1 
Tayland - 1+1 
Singapur, Vetnam, Gonkong - 0+1.

Шарҳлар