25

Yosh shaxmatchimiz Turkiyada g`olib

Sport 25.11.2013, 11:28
1915
Yosh shaxmatchimiz Turkiyada g`olib
Turkiyaning Eskishehirida o`zbek shaxmatchilari bitta oltin va bitta bronza medalga sazovor bo`ldi

14 va 16 yoshgacha shaxmatchilar o`rtasida o`tkazilgan xalqaro turnirda o`zbek shaxmatchilari bitta oltin va bitta bronza medalga sazovor bo`ldi. 

 
O`ndan ziyod mamlakat shaxmatchilari qatnashgan turnirning 14 yoshgacha shaxmatchilar o`rtasidagi musobaqasida Ortiq Ne`matov oltin medalni qo`lga kiritdi, deya xabar beradi sports.uz. Yosh shaxmatchimiz turnirda turkiyalik Janberk Kochak, Sodiq Nozikqo`l, turkmanistonlik Farxan Kazimov, ozarbayjonlik Ismoil Shohalievni mag`lubiyatga uchratdi, o`zbekistonlik Fotih Abduholiqov hamda qirg`izistonlik Aydar Kenanboev bilan durang o`ynadi. 
 
16 yoshgacha o`smirlar musobaqasida Alisher Bekmurodov makedoniyalik Mo`min Aliev, ozarbayjonlik Fotima Ahmadova, Elxon Bayramov, o`zbekistonlik Nodirabegim Parpieva va turkmanistonlik Shonepes Meredov ustidan zafar quchib, jamoamiz hisobiga bronza medal qo`shdi. 
 

Шарҳлар