25

Messiga uchinchi bor “Oltin butsa” topshirildi

Sport 21.11.2013, 10:53
3628
Messiga uchinchi bor “Oltin butsa” topshirildi
Argentina terma jamoasi va Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messiga mavsum yakunlari bo`yicha Evropa chempionatlarining eng yaxshi hujumchisiga beriladigan mukofot  topshirildi.

2012/13 yil mavsumida argentinalik futbolchi Ispaniya chempionatida 46 ta to`p urdi va bu bilan o`zining eng yaqin raqibi “Real” klubining forvardi Krishtianu Ronalduni 12 ta
golga ortda qoldirdi. Shu tariqa, Messi “Oltin butsa” hisobiga 92 ochko to`pladi.
Bu boradagi eng yaxshi natija – 100 ball – ham Messiga tegishli (2011/12 yil mavsumi).
25 yoshli futbolchi ushbu mukofotni uchinchi bor olishi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.

Шарҳлар