25

Madeyrada Krishtianu Ronaldu muzeyi ochiladi

Sport 20.11.2013, 19:15
2361
Madeyrada Krishtianu Ronaldu muzeyi ochiladi
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronalduga bag`ishlangan muzey futbolchining jonajon shahri Funshaleda ochiladi.

“Diario de Noticias” nashri tarqatgan xabarga ko`ra, muzeyni yaratish g`oyasi o`yinchining o`zi va uning onasiga tegishli. Ronaldu bilan bog`liq fotosuratlar, fotbolkalar, to`plar va sovrinlar 300 metr kvadrat maydonni egallaydigan muzey eksponatlariga aylanadi.
Qayd etib o`atmiz, Ronaldu o`zining futboldagi faoliyatini 2001 yili Lissabonning “Sporting” jamoasida boshlagan. 2003 yilda futbolchini 12,24 million funtga Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi sotib oladi. Bu erda u 2009 yilgacha ishlaydi, shundan so`ng Madridning “Real” jamoasiga o`tadi.
Ushbu transfer “Real”ga 83 million funtga tushadi va u portugaliyalikni futbol tarixidagi eng qimmat o`yinchiga aylantiradi. 2008 yili “Oltin to`p” sohibiga aylangan 28 yoshli Ronaldu o`z faoliyati davomida 616 ta o`yinni o`tkazib, 387 ta gol urgan. Ronaldu uch karra Angliya chempioni, Ispaniya chempioni, Chempionlar Ligasi va klublar orasidagi jahon chempionatining g`olibi hisoblanadi. Milliy jamoa tarkibida Evro-2004 chempionatining kumush va Evro-2012 chempionatining bronza medali sohibi bo`lgan.  

Шарҳлар