25

JCh-2014. Mundialga yo`l olgan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi

Sport 20.11.2013, 18:49
2361
JCh-2014. Mundialga yo`l olgan jamoalar nomi ma`lum bo`ldi
Evropa qit`asida jahon chempionati ishtirokchilarini aniqlash borasidagi saralash uchrashuvlari yakuniga etdi. Pley off bosqichida o`zaro kurash olib borgan to`rt juftlikda g`oliblar nomi aniqlandi.

Gresiya terma jamoasi safarda Ruminiya bilan durang o`ynadi va o`z uyidagi 3:1 hisobidagi g`alaba tufayli Braziliyaga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Xorvatiya esa o`z uyida Islandiyani 2:0 hisobida mag`lub etdi.
Dramatik ko`rinishdagi uchrashuvlar Fransiya-Ukraina va Shvesiya-Portugaliya uchrashuvlarida ro`y berdi. Fransuzlar safarda 0:2 hisobida mag`lub bo`lganlariga qaramay, o`z uylarida Ukrainaga mutlaqo imkoniyat qoldirmadilar va 3:0 hisobida g`alabaga erishdilar. 


Shvesiya-Portugaliya uchrashuvi esa tom ma`noda Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibrohimovichlarning qarama qarshiligiga aylanib ketdi. Bu kurashda esa portugaliyalik yulduz g`olib chiqdi. Zlatanning dubli Ronalduning xet trigi oldida ojiz bo`lib qoldi va Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatiga yo`l oldi.

<iframe width="560" height="315" src="//www.youtube.com/embed/_dRBH28Eurc" frameborder="0" allowfullscreen></iframe>

Шарҳлар