25

Chexiyalik tennischilar Devis Kubogi sohiblari nomini himoya qildi

Sport 20.11.2013, 18:06
1555
Chexiyalik tennischilar Devis Kubogi sohiblari nomini himoya qildi
Belgradda tennis bo`yicha jamoali norasmiy jahon chempionati bo`lgan navbatdagi Devis Kubogi uchun o`yinlarning final matchi yakunlandi. 


Sayyoraning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich boshchiligidagi Serbiya terma jamoasi o`zining chexiyalik raqiblariga 2:3 hisob bilan o`yinni boy berdi. 
Hal qiluvchi ochkoni chexlarga Radek Shtepanek olib keldi, u beshinchi o`yinda Dushan Layovichni 6:3, 6:1, 6:1 hisob bilan mag`lub etdi. 
Bundan oldin Jokovich ketma-ket Shtepanek va Tomash Berdixni mag`lubiyatga uchratgandi. Berdix esa, o`z navbatida, mezbonlarning ikkinchi raketkasi Dushan Layovichdan kuchliroq ekanini ko`rsatdi. Shuningdek, chexlar juftliklar uchrashuvlarida ham g`olib chiqdi.
Shu tariqa, chexlar o`z tarixida uchinchi bor va ketma-ket ikkinchi marta ushbu nufuzli mukofotni qo`lga kiritdi. O`tgan yili ular 1980 yildan buyon ilk bor eng yaxshi tennischilar ekanini isbotlagandi.

Шарҳлар