my5

​Ukol ro`zani sindiradimi?

Hidoyat sari 29.05.2017, 13:22
Теглар: Muborak Ramazon
7419
​Ukol ro`zani sindiradimi?

— Keyingi paytlarda davolanyapman. Shifokorlar ro`za tutish salomatligimga salbiy ta`sir qilmasligini aytishdi. Ammo, har kuni ikki mahal ukol olishim kerak. Ro`zada ukol olish mumkinmi?

A.S. Toshkent.

— Ro`za holatida ukol olish borasida hozirgi zamona faqihlari uch xil fikrdadirlar. Dalillarning faqat zohiriga qarab hukm qiladiganlar ukol olish mutlaqo ro`zani buzmaydi, deydilar. Xoh o`sha ukol tomirdan bo`lsin, xoh teri ostiga bo`lsin. Chunki, ro`zani buzish uchun ichga tashqaridan narsa ketishi kerak, deyiladi. Bu holatda ichga, qoringa hech narsa bormaydi.

Ikkinchi toifa ulamolar fikriga ko`ra, ro`zada ukol olish mutlaqo ro`zaning buzilishiga olib keladi. “Hidoyai sharif”da badandagi biror jarohatga quyuq dori qo`ysa, ro`za ochilmaydi, agar suyuq dori qo`yilsa, ro`za ochiladi, deyilgan. Binobarin, suyuq dorini ukol bilan yuborish ro`zani ochilishiga olib keladi.

O`rtachalikni o`zlariga shior qilgan ulamolar esa mana bu xilda fatvo berganlar: Ukol olish ikki xil bo`ladi. Birisidan g`izoiy maqsadda foydalaniladi, ya`ni, badanga quvvat bo`lish uchun ukol olinadi. U holatda, hatto, eyish va ichishdan ham odam behojat bo`ladi. Bunday ukollarni olish bilittifoq ro`zani ochadi. Shuning uchun katta qon tomirlarga qilingan ukoldan ulamolarimiz qaytaradilar.

Ammo, muskulga, teri ostiga qilingan ukoldan badan quvvat olmaydi. Shuning uchun u ro`zani ham ochmaydi.

Shuni bilmoq kerakki, har ikki holatda ham inson o`z dinining ehtiyotini qilmoq darkor. Payg`ambarimiz (s.a.v.) musulmonni ehtiyotkor bo`ladi, deganlar. Shuning uchun yurtimizning ba`zi ulamolari ro`zada ukol olish ro`zani ochadi, deb hukm qiladilar. Binobarin, ukolni vaqtida olmaslik bemorning holatiga qattiq ta`sir qilmasa, kechqurun, iftordan so`ng ukol olish ehtiyotkor, parhezgor musulmonning nishonasidir.

Шарҳлар

Qadr kechasi uchun 27 tavsiya

11.06.2018, 14:50

Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko`p ovqat emang.Bu kechani ibodat bilan o`tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.Barcha mo`minlar...
Qadr kechasi: eng buyuk tun

11.06.2018, 14:39

Bolaligimda, bir sehrli kechada laylak uchib kelishi, u uchib o`tayotganda inson nimani ushlasa, o`sha narsa oltinga aylanib qolishi haqidagi rivoyatni eshitganimdagi hayrat va hayajonni hozir...
Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

07.06.2018, 15:49

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag`firat va`da qilindi. Dastlabkisida “kim Ramazon ro`zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o`tgan gunohlari mag`firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim...
Ramazon oyida bo`lgan tarixiy hodisalar

21.05.2018, 11:27

Ramazon oyida juda katta tarixiy voqealar sodir bo`lgan. Shu o`rinda muslim.uz nashri ulardan ayrimlarini sanab o`tdi:Milodiy 610 yili, hazrati Muhammadga (sollallohu alayhi va sallam) qirq...