my5
28

15 avgustdan keyin katta to`ylar o`tkazishga ruxsat beriladimi?

Jamiyat 10.08.2020, 15:57
3355
15 avgustdan keyin katta to`ylar o`tkazishga ruxsat beriladimi?

Avval xabar qilganimizdek, AOKA zalida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.

Uning ta`kidlashicha, mamlakat miqyosida karantin cheklovlarini o`rnatish, muddatini uzaytirish yoki bekor qilish faqatgina Respublika maxsus komissiyaning qarori asosida olib boriladi.

 -- Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 26 iyuldagi tegishli qaroriga asosan, mamlakatimiz bo`ylab karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilishi munosabati bilan to`y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o`tkazmaslik bo`yicha aniq cheklovlar keltirib o`tilgan.

Mazkur cheklovlarni bekor qilish, to`y va boshqa marosimlarga ruxsat berishning aniq muddati hamda to`ylarda qatnashuvchilar soni haqidagi qaror Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi va e`lon qilinadi.

Sizga farzandlaringiz to`yini Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ruxsat berilgandan so`ng hamda o`rnatilgan qoidalarga qat`iy  amal qilgan holda o`tkazishingizni tavsiya etamiz, dedi S.Boymirzaeva.

 

Шарҳлар